Oʻzbekistonda qancha kaliy yodat zahirasi borligi maʼlum qilindi

Saqlash
19:37 / 08.11.2022 1147 0

Oʻzbekistonda hozirda osh tuzini yodlash uchun 5 tonna kaliy yodat zahirasi mavjud. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

 

 

Nurmat Otabekovning aytishicha, joriy yilning birinchi choragi davomida Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan savdo nuqtalarida sotilayotgan osh tuzlari tekshirilganda ularning 45-50 foizida yod miqdori belgilangan meʼyordan past ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 9 foiz namunalarda umuman yod chiqmagan.

 

Bugungi kunda respublikada 56 ta osh tuzini yodlash korxonalari va 46 ta yodlangan osh tuzini qadoqlash sexlari faoliyat yuritib kelmoqda. Noqonuniy ishlayotgan yoki osh tuzini yodlash talablarini buzgan 11 ta korxona oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

 

Yilning oʻtgan davrida oʻtkazilgan 69 ta tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan osh tuzi namunalaridan 32,5 foizi meʼyorga javob bermagan. Natijada 74,8 tonna osh tuzi qayta ishlashga qaytarilgan.

 

Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha boʻyicha 56 nafar javobgar masʼullarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy sudlarga yuborilgan.

 

Hozirda osh tuzini yodlash uchun 5 tonna kaliy yodat zahirasi mavjud boʻlib, korxonalar 2 tonna kaliy yodat moddasi xarid qilishgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//