Ilm-fan
Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsuli Burxon Aliqulov Don davlat texnika universiteti (DDTU) rektori Bisarion Mesxi bilan uchrashib, zamonaviy kadrlar tayyorlash va akademik almashinuv sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bisarion Mesxi DDTUning Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari, xususan, Buxoro davlat universiteti va “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti bilan hamkorligi darajasidan mamnunligini bildirdi.
Oʻzbekistonning ushbu universitetlarida DDTU vakolatxonasini ochish yuzasidan fikr almashildi. U, shuningdek, Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan ham akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taklif etdi.
Suhbat chogʻida veterinariya sohasida qoʻshma loyihalar ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. DDTU Rossiya hududida “veterinariya” yoʻnalishi boʻyicha aspirantura bosqichiga ega boʻlgan yagona oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Besarion Mesxi soha dolzarbligini inobatga olgan holda, mazkur yoʻnalish Oʻzbekiston uchun ham jozibador boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q