Jamiyat
Turizm va madaniy meros vazirligi Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi DUK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati
Maʼlum qilinishicha, tashkilot faoliyatining asosiy maqsadlari turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflashni amalga oshirishdan iborat.
Markaz STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ishchi organi hisoblanib, texnik qoʻmitaning faoliyati sohasida, tuzilmasida, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini bajarishda bevosita ishtirok etadi.
Mazkur texnik qoʻmita tomonidan Xalqaro ISO standartlari asosida turizm va unga yondosh xizmatlar sohasiga oid 8 ta davlat standarti qabul qilindi.
Shuningdek, 2022-yilda oʻtov va oʻtov shaharchasi joylashgan hudud, uning jihozlanishi, oʻtovning interyeri, oʻtov va oʻtov shaharchasida koʻrsatiladigan xizmatlar, xavfsizlik va xodimlarga doir talablarni belgilash Oʻz DSt 3612:2022 “Turistik-ekskursiya xizmati. Sayyohlarni oʻtovda qabul qilish va joylashtirish. Umumiy talablar” davlat standarti qabul qilindi.
Hotelstars Union kompaniyasi Criteria 2020—2025 xalqaro standarti asosida yulduzli mehmonxonalarni balli tasniflash tizimiga oʻtildi.
Mehmonxonalarda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida xalqaro standart asosida Oʻz DSt 22483:2022 (ISO 22483:2020, MOD) “Turizm va yondosh xizmatlar. Mehmonxonalar. Xizmatlarga doir talablar” davlat standarti ishlab chiqilib, bunda:
– mehmonxonalarning sifatiga va xodimlariga doir talablarni;
– xizmat koʻrsatish, tadbirlar;
– koʻngilochar tadbirlar;
– xavfsizlik va muhofaza;
– texnik xizmat koʻrsatish;
– tozalik;
– taʼminotni boshqarish;
– mehmonlarning qanoatlanishiga nisbatan mehmonxonalar uchun
tavsiyalar joriy etildi.
Mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga bir qator qulayliklar yaratish maqsadida mavjud talablarini soddalashtirish, ixchamlashtirish, bir-birini takrorlovchi va xizmat koʻrsatish sifati bilan bogʻliq boʻlmagan talablarni chiqarib tashlash orqali Oʻz DSt 3220:2022 Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar davlat standarti yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.
Yangi loyihaga koʻra, ilgari mehmonxona uchun majburiy boʻlgan 97 ta talab 85 ta talabga tushirildi.
Bugungi kunda mehmonxonalarni tasniflash maqsadida oʻtkaziladigan baholashda mehmonxonalar uchun “yulduz” olishda tadbirkorlik subyektlari 138 ta talabni bajarishga majbur.
Mazkur talablar Oʻz DSt 3296:2018 Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va oʻxshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi davlat standartida belgilangan boʻlib, bunda agar bir dona talab bajarilmagan taqdirda tegishli yulduz toifasini berish rad etilmoqda.
Xorijiy davlatlar talablari bilan taqqoslanganda “yulduz” olish juda murakkab va koʻplab talablarni bajarilishini koʻzda tutuvchi jarayon ekanligi hamda ushbu talablarning bajarilishi yakunida mehmonxonani xizmat koʻrsatish sifati, jozibadorligi, maqomi va mijozlarni qoniqishi kabi “indikatorlari” belgilab beradi. Masalan, Birlashgan Arab Amirligida – 225 ta, Qatarda – 255 ta, Malayziyada – 238 ta, Yevropa Ittifoqining Hotelstars Union uyushmasida 270 ta talab bajarilishi shart.
Mazkur taqqoslamadan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonda mavjud talablar son va sifat jihatdan optimal va raqobatbardosh, talablarni kamaytirish yoki susaytirish mehmonxonalar obroʻ, maqomini hamda tasniflanishi sifatini pasayishiga olib keluvchi omil boʻlishi mumkin.
Yuqoridan kelib chiqib, markaz mutaxassislari barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda mehmonxonalarni baholash, tasniflash tizimini butunlay qayta koʻrib chiqdi va “balli tasniflash tizimini” koʻzda tutuvchi Oʻz DSt 3296:2022 turizm xizmatlari, joylashtirish vositalari, balli tasniflash tizimi yangi davlat standarti loyihasi ishlab chiqildi.
– 307 ta tahududiy boshqarmalar ijtimoiy tarmoqlarida (Andijon, Buxoro, Samarqand, Namangan v.b.);
– 20 ta ommaviy axborot vositalarida;
– 46 ta boshqa tashkilotlar veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida (APTA, Mehmonxonalar assotsiatsiyasi, Turizmni rivojlantirish instituti);
– 14 ta Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya telekanallarida yoritilgan maʼlumotlar (Uzreport, Toshkent, Mahalla, viloyat telekanallari).
Xalqaro aloqalar yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida turizm sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi tomonidan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi mutaxassislari taklif qilinib, joylashtirish vositalari xodimlari uchun oʻquv seminarlar tashkil qilindi.
Joylashtirish vositalarida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini xalqaro tajriba asosida yanada yaxshilash maqsadida 2021-yilning 6–11-dekabr kunlari Buxoro hamda Samarqand viloyatlaridagi joylashtirish vositalari xodimlari uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etildi.
3 ta yoʻnalish boʻyicha (reception, housekeeping, F&B) olib borilgan seminarlar yakunida Samarqand shahrida 103 ta, Buxoro shahrida esa 85 ta ishtirokchiga (jami 188 ta) malaka oshirish boʻyicha sertifikatlar taqdim qilindi.
Shuningdek, Butunjahon turizm tashkiloti Akademiyasi eksperti Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi DUKga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning joylashtirish vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi hamda oʻz fikr-mulohazalari bilan boʻlishdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q