Jamiyat
Prezident Sh.Mirziyov tomonidan aholi, xususan, yosh avlod, shuningdek, xotin-qizlarning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkillashtirish bo‘yicha ilgari surilgan “Besh tashabbus” loyihasi hamda O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan respublikamizda kitobxonlikni keng ommalashtirish, “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ushbu maqsad va vazifalar asosida mamlakatda noshirlik va matbaa tizimini yanada rivojlantirish, sifatli kitob mahsulotlarini chop etish va kitobxonlarga yetkazish, bu borada jahon tajribasini o‘rganish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, aholi kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni mutolaaga jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashabbusi bilan manfaatdor vazirliklar va idoralar hamkorligida 2022-yilning 2-4-noyabr kunlari an’anaviy “TASHKENT BOOK FEST – 2022” III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etildi.
Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkaning asosiy maqsadi – respublikamizda noshirlik-matbaa sohasida erishilgan yutuqlarni halqaro darajada namoyish etish, mavjud noshirlik, matbaachilik hamda kitob savdosi tashkilotlarining xorijiy soha mutaxassislari bilan o‘zaro xalqaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, mamlakatda noshirlik ishini zamonaviy, yangi bosqichga olib chiqish, ko‘rgazma-yarmarka doirasida taqdimotlar orqali o‘zbek adabiyotining yetuk namunalarini xorijiy tillarga hamda jahon adabiyotining sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida kelishuvlarga erishish, aholining, shu jumladan yosh avlodning bilim olish, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, yangilanayotgan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning roli va aha-miyatini kuchaytirishdan iborat.
Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston, Turkiya, Hindiston davlatlaridan soha mutaxassislari, shuningdek, 46 ta xorijiy nashriyot va kitob savdo tashkilotining 98 nafar vakili ishtirok etdilar.
Shuningdek, Respublikamizdagi 30 ta davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari kitob yarmarkalari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarka doirasida qatnashchi xorij davlatlarning so‘nggi yillarda nashr etilgan eng sara kitoblari, noshirlik sohasidagi yangi loyihalari taqdimotlari; ijodkorlar, mualliflar, tarjimonlar, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, xorijiy soha mutaxassislarining inklyuziv chiqishlari o‘rin olgan.
Shu bilan birga, nufuzli xalqaro tadbirda nashr etilayotgan kitoblarning mazmun-mundarijasini boyitish, matbaa sifatini yaxshilash yuzasidan noshirlar, matbaachilar, mualliflar, taniqli olimlarning kitobxonlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q