Buxoroda Hindiston oliy taʼlim muassasasi ish boshlaydi

Saqlash
11:11 / 01.11.2022 1170 0

AKT tizimini yanada rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani jalb qilishga koʻmaklashish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida Oʻzbekistonning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahadov Hindistonning “Acharya” institutlar tarmogʻi ijrochi direktori Vishesh Chandrashekxar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

 

1990-yilda tashkil etilgan Acharya instituti tarmogʻi Bangalor shahridagi eng yirik xususiy taʼlim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Acharya institutlari tarmogʻida 75 mamlakatdan 15 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Taʼlim 100 dan ortiq oʻquv dasturlari boʻyicha olib boriladi.

 

Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng Oʻzbekiston xalqaro Acharya universitetini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishilganligini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

 

Uchrashuvda ushbu kelishuvni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Buxoro viloyatida raqamli texnologiyalar sohasida Oʻzbekiston-Hindiston universitetining ochilishi ilgʻor xalqaro taʼlim texnologiyalarini respublikamizga joriy qilishga koʻmaklashishi qayd etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 11-oktyabr kuni Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida Oʻzbekiston xalqaro Acharya universitetini tashkil etish boʻyicha Buxoro viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Acharya” institutlar tarmogʻi oʻrtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolangani haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish