Jamiyat
Noyabr - kuzning so‘nggi oyi bo‘lib, u haroratning keskin o‘zgarib turishi bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati odatda oktyabrga nisbatan 5-7 darajaga past bo‘ladi. Yog‘ingarchilik tez-tez, uzoq davom etadi va jadal bo‘ladi.
Ayrim yillarda noyabr oyining eng iliq kunlarida havo harorati 22-27 darajagacha ko‘tariladi. Biroq, ko‘pincha oyning birinchi yarmida kunduzgi harorat 13-18 daraja, ikkinchi yarmida esa 8-13 daraja atrofida bo‘ladi.
«O‘zgidromet»ning dastlabki baholishiga ko‘ra, hozirda iqlim ma’lumotlari va jahon prognoz markazlarining prognostik ma’lumotlaridan foydalangan holda, ushbu yilning noyabr oyi odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi.
1 noyabr kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 17-20 daraja iliq bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Biroq 2 noyabrdan respublika bo‘yicha havo sovuqlashadi, hududlarning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Keyinchalik O‘zbekistonda noyabr oyining birinchi haftasi davomida beqaror ob-havo kutilmoqda, 12-15 daraja iliq atrofida bo‘lgan nisbatan salqin harorat fonida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, bizni nisbatan sezilarli sovuq tushishi kutmoqda.
Keyinchalik iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi va harorat kechalari 5-8 daraja iliqdan 2-5 daraja iliqgacha, kunduz kunlari 15-18 daradja iliqdan 5-8 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovuq davrlarda qorga aylanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q