Sport
Islandiyaning Reykyavik shahrida 31-oktyabrga oʻtar kechasi Fisher nomidagi tasodifiy shaxmat boʻyicha jahon chempionati yakunlandi.
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (FIDE reytingi – 2713) turnirning bronza medali uchun kechgan bahsda norvegiyalik Magnus Karlsen (2856) bilan toʻqnash keldi. Oʻzbekistonlik birinchi oʻyinni gʻalaba bilan boshlagan boʻlsa, norvegiyalik qolgan uchta uchrashuvni oʻz foydasiga hal qildi – 3:1 (1, 2, 3 va 4 partiyalar). Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 40 ming dollar miqdoridagi mukofot puli toʻlanishi koʻzda tutilgan turnirda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Finalda rossiyalik Yan Nepomnyashiy (2793) va amerikalik Hikaru Nakamura (2768) toʻrtta oʻyin natijasiga koʻra durang (2:2) qayd etishdi, ammo “Armageddon”da (oldingi tay-breklarda gʻolib aniqlanmasa oʻynaladigan maxsus shaxmat oʻyini) Nakamura kuchliroq boʻlib chiqdi va shaxmat boʻyicha Fisher yoʻnalishida yangi jahon chempioni boʻldi.
Fisher – shaxmat boʻyicha 11-jahon chempioni Robert Fisher tomonidan taklif qilingan shaxmat oʻyinining bir turi. Oʻyin qoidalari asosan klassik shaxmatdagi kabi boʻladi, lekin donalarning dastlabki joylashuvi tasodifiy tarzda aniqlanadi. Shu bilan birga, ushbu turnirdagi natijalar klassik shaxmat boʻyicha shaxmatchilarning toʻplagan reytingiga taʼsir qilmaydi.
Turnir gʻolibi nafaqat jahon chempioni unvonini, balki 150 ming dollar mukofot puliga ham ega boʻladi. Kumush medal sohibiga 80 ming dollar, uchinchi oʻrin uchun 55 ming dollar toʻlanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q