Qanqa yodgorligida VII-VIII asrlarga oid inshoot qoldiqlari topildi

Saqlash
22:58 / 28.10.2022 2139 0

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi Qanqa kompleks ekspeditsiyasining 2022-yilda Toshkent vohasining Qanqa yodgorligida olib borgan arxeologik izlanishlari davomida vohaning oʻrta asrlar tarixiga oid yangi maʼlumotlari qoʻlga kiritildi. Bu haqda Akademiya Matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, ekspeditsiya davomida  XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6,30 m boʻlgan katta zal ochilgan. Zalning kirish qismi poli pishiq gʻishtlar bilan terilgan boʻlib, yon devorlari qalinligi 1,30 m kenglikda ekanligi uning mahobatli inshoot ekanidan dalolat bergan.

 

Shuningdek, zalning janubiy-gʻarbiy burchagidagi yon devorlarida ham pishiq gʻisht bilan qoplangan maxsus joy qilingan boʻlib, kuchli olov oqibatida kuyganligi bu yerda yogʻochdan ishlangan peshtoq ham mavjud boʻlganidan dalolat beradi. Mazkur joyda yongʻin natijasida peshtoqdan qulab tushgan yirik yogʻoch qoldiqlari olinib, ularning saqlanganlari sinchiklab oʻrganilgan.  Natijada, yuza qismlari oʻyma naqshlar bilan bezatilgani aniqlangan.

 

Bundan tashqari, qazuv ishlari davomida Oʻrta asr qatlamlari ostida ilk oʻrta asrlarga oid boʻlgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari ochilgan. Ushbu inshoot Qanqa yodgorligining Ilk oʻrta asrlarga tegishli ibodatxonasi sharqiy tarafida joylashgan. Shu sababli ushbu yirik qurilish qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita bogʻliq deya xulosa qilish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//