Jamiyat
“Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (622-son, 27.10.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi yanada takomillashtiriladi.
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron roʻyxatga olish faoliyati 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha mulkdorning arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasida koʻrsatilgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga vaqtincha roʻyxatga olinadi.
Vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun fuqarolar kelgan kunidan boshlab 15 kun muddatda oʻz xohishiga koʻra, quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:
– Qulay manzildagi profilaktika inspektorlariga;
– Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga;
– Davlat xizmatlari markazlariga;
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga.
Vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida vaqtincha roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q