Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik 4 yoshli bemor bola tanasida operatsiya payti bint qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahri, “Tinchlik” mahallasida yashovchi 2018-yilda tugʻilgan K.A.ga 2020-yil 12-martda viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan oʻng tomonlama chov yorgʻoq churrasi tashxisi qoʻyilgan. Shundan soʻng bemor mazkur muassasada malakali jarroh A.O. tomonidan muvaffaqiyatli operatsiya qilingan.
“Yuqorida aytganimizdek, avval bajarilgan operatsiya bolaning chap chov sohasida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan va amaliyotdan soʻng asoratlar kuzatilmagan. Biroq vaqt oʻtishi bilan bemorning boshqa nuqtasi, yaʼni oʻng tomonlama chov yorgʻoq churrasida xastalik yuzaga kelgan. Videolavhada xuddi shu manzara tasvirlangan”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, K.A. 2022-yil yana jarrohlik amaliyotiga muhtojligi tufayli 25-oktyabr kuni viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun yotqizilgan. Yakuniy tibbiy tekshiruvlardan soʻng u 27-oktyabr kuni onasining iltimosiga koʻra, avvalgi jarrohlik amaliyotini bajargan malakali shifokor A.O. tomonidan operatsiya qilingan.
Hozirda bolaning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazorati ostida tibbiy muolajalarni davom ettirilayotgani maʼlum qilingan.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining shaʼniga putur yetkazish maqsadida yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish nafaqat qonun talablari, balki axborot yetkazish etikasiga ham toʻgʻri kelmasligi taʼkidlangan. Vazirlik mazkur asossiz xabarni tarqatish holati yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q