Siyosat
Rossiyaning Orlov viloyatidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari safarbarlik uchun chaqiruv qogʻozi olgandi. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, «Ekositi» chiqindilarni qayta ishlash zavodida mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston fuqarolarining murojaati ommaviy axborot vositalarida tarqalishi munosabati bilan elchixona xodimlari kompaniya bosh direktori Yuriy Paraxin, uning oʻrinbosari Valeriy Okorovkov va respublika fuqarolari bilan bogʻlandi.
26 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga safarbarlik chaqiruvi texnik xato tufayli yuborilgan va hujjatlar harbiy komissariatda tekshirilgandan soʻng chaqiruv qogʻozi qaytarib olinib, masala hal etilgan. Bu maʼlumotni korxona rahbariyati va respublika fuqarolari tasdiqladi.
Elchixona qisman safarbarlik eʼlon qilingani munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan texnik xatolar boʻyicha chaqiruv qogʻozlari olish holatlari mavjudligi ham maʼlum qilgan. Taʼkidlanishicha, odatda barcha bunday hollarda safarbarlik chaqiruvi hujjatlar tekshirilgandan soʻng qaytarib olinadi.
«Shu munosabat bilan, shunga oʻxshash vaziyatlarda Oʻzbekistonning joylardagi bosh konsulligi (Vladivostok, Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Rostov-na-Donu) yoki Oʻzbekiston elchixonasining Moskvadagi konsullik boʻlimiga murojaat qilishni tavsiya etilamiz yoki harbiy komissarlik vakillariga amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan mustaqil ravishda murojaat qiling», – deyiladi xabarda.
Ayni paytda holat Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olingan va tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa oʻrnatilib, voqea joyiga yoʻl olgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q