Oʻzbek olimining Alisher Navoiy haqida yozgan monografiyasi turk tilida nashr boʻldi

Saqlash
11:10 / 27.10.2022 964 0

Taniqli navoiyshunos olim, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Olimjon Davlatovning “Alisher Navoiy sheʼriyatida Qurʼon oyatlari va hadislar” nomli monografiyasi turk tiliga oʻgirilib, Istanbuldagi “Akademik kitaplar” nashriyoti tomonidan qardosh kitobxonlar hukmiga havola qilindi.

 

Ulugʻ shoir ijodining mangu va barhayot sarchashmalaridan biri Qurʼoni karim oyatlari va hadisi sharifda aks etgan gʻoyalar ekanligi koʻpchilik navoiyshunoslar tomonidan eʼtirof etilgan boʻlsa-da, ushbu ilmiy muammo ilk marta Olimjon Davlatovning tadqiqotida monografik yoʻsinda tadqiq etilgani eʼtiborlidir. Olimning ushbu xulosa-qarashlari nafaqat navoiyshunoslik, balki Sharq mumtoz sheʼriyatini anglash va tadqiq etishda ham muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

 

Oʻzbek tili bayrami kunlarida nashr etilgan mazkur kitob oʻzbek-turk adabiyotshunoslarining ilmiy aloqalar va hamkorligi yoʻlida amalga oshirilgan jiddiy qadamlardan hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish