Jamiyat
Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishi “Buyuk Ipak yoʻli” metro stansiyasida qoldirib ketilgan shubhali ryukzak aniqlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22-oktyabr kuni “Buyuk Ipak yoʻli” metro stansiyasida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi tomonidan elektropoyezd vagonida qoldirib ketilgan ryukzak va qutini aniqlagan.
Taʼkidlanishicha, ushbu buyumlar oʻrindiq yonida boʻlgan. Masʼul xodim zudlik bilan navbatchilik qismiga xabar bergan. Ryukzak va qutida portlovchi qurilma bor-yoʻqligini tekshirish uchun hodisa joyiga IIV maxsus guruhi jalb etilgan.
Tekshiruv vaqtida qoldirib ketilgan buyumlar ichidan portlovchi qurilmalar topilmagan. Oradan 30 daqiqa oʻtgach, metropoliten xodimiga fuqaro murojaat qilib, vagonda ryukzak va qutisi qolib ketganini bildirgan. Fuqaro bilan suhbat oʻtkazilib, dalolatnoma tuzilgan va qoldirib ketilgan buyumlar oʻz egasiga qaytarilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q