Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida sohada qilinishi lozim boʻlgan ishlar belgilab berilmoqda.
Birlamchi boʻgʻinni mahallagacha tushirish boʻyicha boshlagan islohotlar samarasini oshirish lozimligi qayd etilib, oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish topshirildi.
“Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlarda 191 nafar shifokor ish boshladi. Yana 171 ta boʻsh oʻrinni toʻldirish vazifasi qoʻyildi.
Shifoxonalarda tugʻruq oʻrinlarini koʻpaytirish, respublika boʻyicha 46 ta tumanlararo perinatal markazni tashkil etish ishlarini tezlashtirish topshirildi.
Tez tibbiy yordamda chaqiruvga yetib borish vaqti 3 barobarga, xarajatlar 25 foizga qisqarishiga qaratilgan Prezident qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga koʻrsatma berildi.
Yigʻilishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hokimlar, sohaga masʼullar va ixtisoslashgan markazlar rahbarlarining hisoboti eshitildi. Ular yil yakuniga qadar va kelgusi yil uchun rejalarini ham batafsil tushuntirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Farrux
12:01 / 01.01.1970
46 та туманлараро перенатал марказларнинг ташкил этилиши аҳоли учун катта ғамхўрлик.