Siyosat
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Qashqadaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlat rahbari viloyatda beshta yoʻnalishda – tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi taʼminoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:
– viloyatda tadbirkorlik va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 207 ming nafar ish oʻrni yaratish zarur;
– sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkin;
– 22 ta noruda konni oʻzlashtirib, talab yuqori boʻlgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor;
– paxtani chuqur qayta ishlash darajasini 32 foizdan 56 foizga chiqarish uchun klasterlar tomonidan 2 trillion soʻmlik 12 ta loyihani yakunlash zarur;
– kimyo, neft-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyib, 65 ta mahalliylashtirish – oyihasini amalga oshirish lozim;
– 18 ming gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilab, qoʻshimcha 90 milliard soʻmlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10,5 ming gektar paxta va gʻalla maydonini qisqartirish hisobiga, 32 ming oila bandligini taʼminlash imkoniyati bor;
– hududda markazlashgan toza ichimlik suvi taʼminotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q