Jamiyat
Qarorga koʻra joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlari yaxshilanadi.
Hokimliklar, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududgaztaʼminot”, “Oʻzsuvtaʼminot” va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022-yil 15-noyabrga qadar dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
Dasturlar doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalari orqali moliyalashtiriladi.
2022-yilda ajratilib, yil yakuniga qadar oʻzlashtirilmasdan qolgan mablagʻlar davlat byudjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablagʻlar 2023-yilda dasturlarda nazarda tutilgan obyektlarning qurilish-taʼmirlash ishlarini yakunlashga yoʻnaltiriladi.
Tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berib boradi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91231
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q