Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi aholiga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Saqlash
20:53 / 25.10.2022 955 0

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabariga koʻraOʻzbekiston boʻylab 64 ta savdo shoxobchalarida monitoring oʻtkazildi va koʻplab kontrafakt xamirturushlar – taniqli brendlarning soxta mahsulotlari aniqlandi. 

 

Monitoring xamirturush hamda pishiriq kukunining rasmiy distribyutori boʻlgan Angel va Baker Dream brendining talabiga binoan amalga oshirildi.

 

Monitoring natijasida Agentlik tomonidan 54 ta holatda (85 foiz) savdo va xizmat koʻrsatish joylarida mahsulotlarni sotish holatlarda uning yuridik shaxs nomi va savdo shoxobcha joylari qayd etilib, mutasaddi tashkilotlarga zarur choralarni koʻrish uchun maʼlumotnoma taqdim etildi.

 

 

Agentlikning qayd etishicha, odamlar salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin boʻlgan narxi past kontrafakt mahsulotlarning sotuvi ortib borayotgani koʻplab isteʼmolchilarni oʻziga jalb etmoqda.

 

“Xamirturush bakteriyasining bardoshli ekanligi haqida isteʼmolchi hech qanday maʼlumotga ega emas. Aslida xamirturush ishlab chiqarish maxsus sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilgan sharoitda ishlab chiqarilishi shart. Aks holda bunday mahsulot inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi aniq”, — deya qayd etadi agentlik.

 

 

Mahsulotni sotib olishdan avval, qadoq va undagi belgilarga eʼtibor qaratish lozim. Kontrafakt mahsulotlar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarga yoki agentlikning 1159 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilib xabar berish kerak.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//