Uzbekistan Airways qishki jadvalga oʻtadi

Saqlash
18:36 / 25.10.2022 960 0

Uzbekistan Airways axborot xizmati 2022-yil 30 oktabrdan boshlab aviakompaniya qishki jadvalga oʻtayotganini maʼlum qildiMavsumga oʻtish, shuningdek, dunyoning bir qator mamlakatlarida mahalliy vaqtni qishga oʻtkazilishini anglatadi. Shu munosabat bilan parvozlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Qayd etilishicha, qish mavsumida Toshkent shahridan Dubayga (haftasiga 7-marta), Istanbulga esa Toshkentdan (haftasiga 16-marta), Samarqanddan (haftasiga 4-marta), Fargʻonadan (3 ta), Buxoro va Urganchdan (haftasiga 2 marotaba) muntazam amalga oshiriladi. Talab eng yuqori boʻlgan Toshkent – Moskva yoʻnalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha koʻpaytirildi.

 

“Olmaota, Dushanbe, Bishkekka parvozlar ham muntazam ravishda amalga oshiriladi. Toshkent – Seul parvozlariga ham talab kam emas, ushbu yoʻnalish boʻyicha qishki jadvalga haftasiga 7 ta qatnov kiritilgan. Bundan tashqari, parvozlar Londonga (haftasiga 2-marta), Frankfurtga (haftasiga 3-marta), Rigaga (haftasiga 2-marta) va eng uzoq parvoz — Nyu-Yorkka haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi”, – deyiladi xabarda.

 

Uzbekistan Airways qish mavsumining birinchi kunidan boshlab – 30 oktabrdan Fargʻona-Dubay-Fargʻona yoʻnalishida haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi va 31-oktabrdan Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch marta oshiriladi.

 

Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent yoʻnalishi ham 1-noyabrdan boshlanadi. Aviakompaniya, shuningdek, qish mavsumidan Tailandga parvozlarni qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Airways Samarqand, Xorazm viloyatini Fargʻona vodiysi bilan bogʻlaydigan respublika ichidagi qatnovlarni koʻpaytirishini maʼlum qildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//