Oʻzbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi oʻtkaziladi

Saqlash
16:21 / 25.10.2022 1299 0

Oʻzbekistonda 2022-yilning 1–3-noyabr kunlari Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, xalqaro haftalikdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor boʻlish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.

 

Turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilmoqda.

 

Shuningdek, haftalik dasturdan ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targʻib etishga qaratilgan koʻrgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Jumladan, haftalik dasturdan Samarqand shahridagi yangi “Ipak yoʻli” turistik markazining ochilishi, “Xiva — islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bagʻishlangan Xalqaro hunarmandchilik koʻrgazmasi, “Jahon ustalari” yarmarkasi va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//