Jamiyat
Taniqli matematika oʻqituvchisi Isroil Roziqovich Tillaboyov Respublika taʼlim markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Respublika taʼlim markazi axborot xizmati xabar bermoqda.
Isroil Tillaboyev 1984-yili Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. 2006-yili Qoʻqon davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakultetini tamomlagan. 2004-yildan beri matematika va informatika fanlaridan dars berib keladi. Bugunga qadar Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi matematika va filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 65-maktab– internatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oʻquvchilari bir necha yillardan buyon fan olimpiadasining tuman, viloyat, respublika bosqichida yuqori natijalarga erishib kelishmoqda. Birinchi toifali matematika fani oʻqituvchisi. 2014-yili “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Isroil Tillaboyev yangilikka intiluvchi pedagog sifatida mental arifmetika dasturini birinchi marta oʻzbek tilida oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqqan va mental arifmetika boʻyicha ham oʻz shogirdlari bilan juda katta yutuqqa erishgan.
Bundan tashqari, Isroil Tillaboyev oʻzining shaxsiy blogiga ega. 2018-yil 400 dan ziyod bloger va jurnalistlar qatnashgan Oʻzbekiston blogerlar chempionatida faxrli 3-oʻrinni egallagan va Xalq taʼlimi tizimidagi enga yaxshi blogeri deb eʼtirof etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q