“Maʼnaviyat karvoni” onkologik xastaligi bor bemorlar holidan xabar oldi

Saqlash
14:55 / 25.10.2022 1195 0

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Namangan viloyatida “Maʼnaviyat karvoni” doirasidagi maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

 

Karvonning navbatdagi manzili Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining Namangan viloyat filiali boʻldi.

 

 

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo boshchiligidagi ilm-fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalaridan iborat guruh ogʻir xastaliklarni boshidan kechirgan, salomatlik uchun kurashib, sabru matonat koʻrsatayotgan insonlarga dalda berishdi.

 

 

– Hammangizga rahmat, – deydi keksa ona Mahbuba Valiyeva. – 34 yashar qizim koʻkrak saratoni kasalligidan aziyat chekib, butunlay tushkunlikka tushgandi. Uyda ikki bolasi chirqiraydi. Nima qilishimizni bilmay, ruhimiz choʻkib yurgandi. Xayriyatki, taniqli olima Jamila Shermuhammedovaning qimmatli oʻgit va nasihatlaridan qizim ancha oʻziga keldi. Toʻshakka mixlanib qolgandi, turib ovqatini oʻzi yeya boshladi, yashashga ishonchi ortib, bizgayam umid bagʻishladi. Hech qaysi ona farzandi uchun kuyinmasin!

 

“Maʼnaviyat karvoni” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//