Jamiyat
Bu haqdagi oʻzgarish deputatlar tomonidan koʻrib chiqilgan “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.
«Endilikda donor sifatida oʻzidan aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson tushuniladi.
Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini oʻz ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda boʻlgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan boʻlgan farzandlari, toʻgʻri va yon tarafdan boʻlgan qarindoshlari, shuningdek, oʻgay ota, oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil, oʻgay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor boʻlishi mumkin edi», deb yozadi deputat.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q