Ilm-fan
“Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–407-son, 20.10.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib oʻzbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va uning huquqiy maqomini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, undan muloqot vositasi sifatida foydalanishni ragʻbatlantirib borish belgilandi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Maxsus oʻquv kurslarida koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar – bepul, qolgan shaxslar – pullik asosda oʻqitiladi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi koʻrsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻqituvchi lavozimiga faqat dars oʻtiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.
2023/2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda surdopedagogika va tiflopedagogika yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 25 foizga oshiriladi.
2023-yildan boshlab har yili sentyabr oyida “Imo-ishora tili boʻyicha eng yaxshi tarjimon” tanlovi oʻtkaziladi va tanlov gʻoliblari quyidagicha tartibda pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin uchun – BHMning 100 baravari;
2-oʻrin uchun – BHMning 65 baravari;
3-oʻrin uchun – BHMning 50 baravari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q