Siyosat
Bugun, 21-oktyabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ashxoboddagi “Toshkent” bogʻini tantanali ochib berdi.

2021-yilning 17-fevral kuni Turkmanistonning oʻsha paytdagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekistonning oʻsha vaqtdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvi chogʻida Ashxobodda “Toshkent” bogʻini barpo etilishini maʼlum qilgandi.

“Toshkent” istirohat bogʻi Ashxobod shahrining tarixiy markazida — sobiq “Gunesh” bogʻi oʻrnida, Maxtumquli shoh koʻchasi boʻylab joylashgan. Bu joy oʻta koʻrkam, gavjum va yashil maydonlarga boy. Uning hududida Vazirlar Mahkamasi, sirk va drama teatri binolari joylashgan.
Bogʻni qurish uchun Turkmaniston byudjetidan 21 million 150 ming manat (6,43 million dollar) ajratildi. Taxminan 28,6 ming metrkvadrat maydonda yashil maydonlar, gulzorlar va yoʻlaklardan iborat landshaft barpo etildi, Oʻzbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarining miniatyura nusxalari boʻlgan 20 dan ortiq obyektlar barpo etildi.

Bu yerda Toshkentdagi “Mustaqillik” maydoni, Oloy bozori, Toshkent teleminorasi va yana koʻplab oʻzbekona maket va dekoratsiyalarni uchratish mumkin. Umuman, bogʻda odam oʻzini xuddi Toshkentda yurgandek his etishi uchun barcha muhit yaratilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112316
Jamiyat
94988
Jamiyat
91113
Jamiyat
75879
Jamiyat
//
Izoh yo‘q