Jamiyat
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishchora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–405-son, 20.10.2022-y.).
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan:
– Kadastr agentligining hududiy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
– hududiy boshqarma va boʻlimlar faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi;
– hududiy boʻlimlar, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining faoliyatiga hokimlar tomonidan aralashish yoki taʼsir oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.
2023-yil 1-iyulgacha Kadastr agentligi organlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali elektron koʻrib chiqish imkoni yaratiladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
– Kadastr agentligi markaziy apparatida – Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;
– Kadastr agentligining hududiy boshqarmalarida – chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi;
– Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida – Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
– “Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida – qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi.
Yangi oʻzlashtirilgan yerlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga muvofiq viloyat hokimlari qaroriga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kiritiladi.
Shuningdek qaror bilan 2023–2026-yillarda Kadastr agentligi faoliyatining asosiy prognoz koʻrsatkichlari va uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi.
Unga koʻra agentlik 25 169 gektar yer uchastkalarini oʻlchab ularning elektron xaritalarini yaratadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q