Jamiyat
Davlat statistika qoʻmitasi tugʻilish koeffitsiyenti eng past boʻlgan tuman va shaharlar statistikasini eʼlon qildi.
Taʼkidlanishicha, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti eng past boʻlgan hududlar orasida Ohangaron shahri (10,8 ta) “yetakchilik” qilmoqda. Keyingi qatorlarda Boʻzatov (15,3 ta) va Buxoro (15,6 ta) tumanlari qayd etilgan.
Har 1000 doimiy aholisiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti eng past boʻlgan hududlar:
Ohangaron shahri – 10,8 ta;
Boʻzatov tumani – 15,3 ta;
Buxoro tumani – 15,6 ta;
Tomdi tumani – 15,7 ta;
Gʻozgʻon shahri – 15,8 ta;
Kogon tumani – 15,8 ta;
Taxtakoʻpir tumani – 16,4 ta;
Shumanay tumani – 16,5 ta;
Qoraoʻzak tumani – 16,9 ta;
Boyovut tumani – 16,9 ta.
Avvalroq tugʻilish koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilingandi.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112315
Jamiyat
94986
Jamiyat
91112
Jamiyat
75877
Jamiyat
//
Izoh yo‘q