Oʻzbekistonda atigi 5 foiz otalar farzandlarining taʼlim jarayonlarida ishtirok etadi

Saqlash
15:56 / 21.10.2022 1609 0

Oʻzbekistonda faqatgina 5 foiz otalar farzandlarining taʼlim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hamda BMT xalqaro bolalar jamgʻarmasi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida oʻtkazilgan “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bagʻishlangan taqdimot yigʻilishida axborot berildi.

 

Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) — BMTning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi YUNISEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi boʻlib, asosan, bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada taqqoslash imkonini beruvchi koʻp koʻrsatkichli maʼlumotlarni yigʻiladi, shu oʻrinda onalar va bolalar boʻyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbasi hisoblanadi.

 

MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar dunyo mamlakatlari oʻrtasida 118 ta davlatda 349 marotaba oʻtkazilgan boʻlib, Oʻzbekistonda esa uchinchi bor tashkil etildi.

 

Oʻzbekistonda MICS kuzatuvi tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xoʻjaliklarida, joyiga chiqqan holda respondentlar bilan suhbatlashish orqali yigʻildi.

 

MICS natijalari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti hamda Yunisefning veb-saytiga joylashtiriladi.

 

MICS kuzatuvi natijalariga koʻra, uy xoʻjaliklarining 40 foizida 5 yoshgacha boʻlgan kamida bitta bola bor.

 

Ortiqcha vaznli bolalar 5 yoshgacha boʻlgan bolalar umumiy sonining 5 foizidan kamrogʻini tashkil qiladi (oʻgʻil bolalar orasida 5 foiz va qizlar orasida 4 foiz).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//