Jamiyat
Termiz shahar sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev va yana bir qancha mansabdor shaxslar 5 ta holat boʻyicha davlatga 19,7 mlrd soʻm moddiy zarar yetkazganlikda ayblanib qamoqqa olindi.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur shaxslarning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Isroil Xudoyberdiyev 2017-yildan 2022-yilgacha Termiz shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 21-sentyabr kuni lavozimidan boʻshatilib, oʻrniga yangi hokim tayinlangandi. Oradan 3 kun oʻtib sobiq hokim qamoqqa olingan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112315
Jamiyat
94986
Jamiyat
91112
Jamiyat
75876
Jamiyat
//
Izoh yo‘q