Jamiyat
Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, professional va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida belgilanadigan qoʻshimcha haq miqdori va muddatlari maʼlum boʻldi.
Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin:
– yoshlarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qoʻllanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;
taʼlim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bogʻliq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun:
– jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;
– xalqaro jurnallarda eʼlon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.
Mazkur bandning barcha kichik bandlari asosida har oylik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda falsafa doktori (PhD)ga 30 foiz va fan doktori (DSs)ga 60 foizdan oshmasligi lozim.
Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq maʼlum bir davr uchun erishilgan natijalar yigʻindisidan kelib chiqqan holda yoki zarur shartlar bajarilganda belgilanadi:
fan olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagani uchun lavozim maoshiga nisbatan:
– tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
– respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;
– xalqaro miqyosdagi natijalar uchun 30 foizgacha;
– zamonaviy oʻquv-koʻrgazmalarni yaratganligi uchun 10 foizgacha;
– noanʼanaviy yoʻnalishdagi (robototexnika, mental arifmetika va boshqalar) oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilganiligi uchun 30 foizgacha;
– oʻquvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga qoʻshgan hissasi uchun 20 foizgacha.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q