Ilm-fan
Fargʻonada yangi baliq turi kashf qilindi. Bu haqda Fargʻona davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mudiri, olim Baxtiyor Sheraliyev maʼlum qildi.
“Sizlarni Fargʻona vodiysidan kashf qilingan yangi baliq turimiz bilan tanishtirishga ruxsat bergaysiz. Soʻx yalangbaligʻi — Triplophysa daryoae Sheraliev, Kayumova & Peng, 2022”, — deydi Baxtiyor Sheraliyev.
Sheraliyevga koʻra, kashfiyot haqidagi maqola xalqaro Zookeys jurnalida chop etilgan.
“Ushbu tadqiqot ishini yakunlashda hammuallifim Yorqinoy Qayumovaning hissasi katta boʻldi. Fursatdan foydalanib, Yorqinoy opaga oʻzimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Yangi baliq turini sevimli qizim Daryo Sheraliyeva sharafiga Triplophysa daryoae deb nomladim. U ulgʻaygach, bu qarorimdan va uning ismi fan tarixiga muhrlanganidan xursand boʻladi deb umid qilaman”, — deya qoʻshimcha qildi Baxtiyor Sheraliyev.
Olimlar yangi turni Soʻx eksklavidan oqib oʻtuvchi Soʻx daryosida kashf etishga muvaffaq boʻlgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q