Jamiyat
Samarqand viloyati Urgut tumani Urgut erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “URGAZ carpet” MCHJ tomonidan olovda yonmaydigan gilam ishlab chiqarilmoqda. Ushbu innovatsiya “InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada namoyish etilmoqda.
Ushbu gilamlar haqida Urgut erkin iqtisodiy zonasi Investorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Mirjahon Yazdanovdan maʼlumot oldik.
“Loyiha doirasida Xitoy va Turkiya davlatlaridan keltirilgan murakkab kombinatsiyali poliamid granulalaridan oʻtga chidamli, innovatsion gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Korxona mazkur gilamdan yiliga 5 million kvadrat metr ishlab chiqarib, Yevropaga va MDH davlatlariga eksport qilmoqda. Asosiy xaridorlar mehmonxonalar, bogʻchalar, yirik xizmat koʻrsatish markazlaridir. Yiliga oʻrtacha 20 million dollarlik mahsulot sotilmoqda”, dedi u.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q