 
                   
                    Jamiyat
“InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada “Taxtakoʻpir innovatsiya” MCHJ tomonidan oziq–ovqat sanoati va davolashda profilaktika maqsadida ishlab chiqarilayotgan tuya suti namoyish etilmoqda. Mahsulot haqida korxona rahbari Abbos Jarimbetov maʼlumot berdi.
"Noanʼanaviy, nordon tuya suti mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik. Loyihamizdan koʻzlangan asosiy maqsad Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha biologik moddalarga ega quritilgan tuya sutini ishlab chiqarishdir. Ushbu mahsulotni yangi sut mahsuloti assortimenti sifatida oziq–ovqat sanoati va davolashda profilaktika maqsadida foydalanish imkonini yaratadi.
Mahalliy chorvachilik mahsuloti hisoblangan tuya sutidan minerallar, vitaminlar, oqsillar va boshqalarning yetishmovchiligini qoplaydigan quritilgan ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda pandemiya davrida ushbu mahsuloti koronavirus, tuberkulyoz, gripp, gepatit va boshqa kasalliklarga davo boʻlishi tibbiyotda aniqlangan.
Tuya suti tarkibidagi oqsil moddasi sigir sutiga nisbatan yengil hazm boʻladi. Bundan tashqari, tuya sutida S vitamini sigir sutiga nisbatan 3-marta yuqori boʻladi.
Ishlab chiqarilgan quritilgan tuya suti mahsuloti chaqaloqlar ozuqalari tarkibiga kiruvchi moddalar qandolatchilikda, kosmetika ishlab chiqarishda, shuningdek ichimlik sifatida (suvda suyultirilib) ishlatiladi.
Quritilgan tuya sutini ishlab chiqarishdan asosiy maqsad mahsulotning barcha tabiiy sifatlarini saqlab qolgan holda mahsulotning saqlash muddatini uzaytirish orqali boshqa hududlarga yetkazib berishni taʼminlash. Yangi ishlab chiqarilgan mahsulotni tartibiga amal qilgan xolda 6 oy davomida saqlash imkoniyati mavjud", dedi u.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q