Jamiyat
18-oktyabr kuni elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorda elektr energetikasi obyektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlarning ishlashini tashkil etuvchi hamda nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari bilan ishlash tartibi belgilandi. Mazkur obyektlarda qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda taʼmirlash ishlarini bajaruvchilar ham shular qatoriga kiradi.
Xodim va rahbarlarning oʻz kasbi va ish turi boʻyicha sanoat va yongʻin xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, meʼyorlar va yoʻriqnomalar boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkaziladi.
Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bogʻliq ogʻir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
112126
Jamiyat
94811
Jamiyat
90859
Jamiyat
75655
Jamiyat
//
Izoh yo‘q