Oʻzbek filmi Polsha festivalida qatnashadi

Saqlash
10:10 / 19.10.2022 921 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debut start 2021” kinofestivalida gʻolib boʻlgan ssenariy loyihalari asosida suratga olingan “Hali urush tugamadi” badiiy filmi Polshaning “Edukino 2022” kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, dunyoning 84 davlatidan taqdim etilgan 750 dan ortiq filmdan faqatgina 28 davlatdan 66 ta film festivalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Shularning ichida “Hali urush tugamadi” filmi ham mavjud.

 

Kinokartina ssenariy muallifi Goʻzaloy Solih qizi, postanovkachi rejissyor Dilshoda Qosimova, postanovkachi operator Odilbek Qosimov, postanovkachi rassom Muhammadali Rahimov, kartina direktori esa Orif Sobirov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish