Jahon
Oksford ingliz lug‘ati «vaksina» (vax) so‘zini 2021-yil uchun eng ko‘p qo‘llanilgan so‘z sifatida e’lon qildi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z shu yilga qadar Oksford lug‘atida juda kam uchragan. Joriy yil sentyabr oyiga kelib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 72 barobar ko‘p qo‘llanilgan.
Oksford lug‘atida o‘tgan yili Koronavirus, COVID-19 pandemiyasi, ijtimoiy masofalanish, furlough (koronavirus inqirozi tufayli ishsiz qolganlarga ish haqini qoplash) va WFH (work from home-uydan ishlash) qisqartmasi eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar bo‘lgan.
Vax so‘zi birinchi marta 1980-yillarda ot sifatida paydo bo‘lib, «vaksina» yoki «vaksinasiya» degan ma’noni anglatgan. 2000-yillarning boshida u «emlash» ma’nosini anglatuvchi fe’l sifatida ham qo‘llanila boshlandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q