Jamiyat
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Paxta qabul qilish punktida yongʻin sodir boʻldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, soat 18:13 da FVB navbatchilik qismiga tumanning “Uch-tepa” MFY hududidagi Jizzax Instural Toʻqima MCHJga qarashli Paxta qabul qilish punktida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.
Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yongʻin 18:24 da oʻrab olindi va 18:50 da oʻchirildi. Natijada 1 ta 14-sonli gʻaramning ustki qismi toʻliq, 15-sonli gʻaramning ustidagi “sulton” navli paxta tolalari yongan. 35−40 kg paxta tolalari yonib, zararlangan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q