Oʻzbekistonda nikohlar soni kamaydi, ajralishlar koʻpaydi

Saqlash
22:52 / 14.10.2022 1729 0

Yanvar-centyabrm oylarida Oʻzbekistonda 197 013 ta nikoh qayd etildi, bu 2021-yilning shu davriga (206,7 ming) nisbatan 4,7 foizga kam. 1000 aholiga nikohlanish darajasi 7,4 promille (oʻtgan yili – 7,9 promille) ni tashkil etdi.

 

Nikohlar soni boʻyicha toʻrtdan uch qismida Samarqand viloyati yetakchi boʻlib, bu yerda 22 329 ta nikoh qayd etilgan. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona – 20955 ta va Qashqadaryo viloyatlari – 20298 ta nikoh tuzilgan.

 

Shu bilan birga, 34 464 ta ajralishlar qayd etilgan, bu 2021-yilning 9 oyiga nisbatan (29031 ta) 18,7 foizga koʻp, deya xabar bermoqda Davlat statistika qoʻmitasi.

 

Har 1000 nafar aholiga ajralish koeffitsiyenti 1,4 promilleni tashkil etdi, bu soʻnggi bir necha yil ichida yanvar-sentyabr oylaridagi eng yuqori koʻrsatkichdir (oʻtgan yilning shu davrida — 1,1 promille).

 

Hududlar boʻyicha eng koʻp ajralishlar Toshkent shahrida – 4433 ta va Fargʻona viloyatida – 3979 ta qayd etilgan. Har 1000 nafar aholi soniga nisbatan poytaxt va Sirdaryo viloyati bu koʻrsatkich boʻyicha yetakchilik qilmoqda – 2 promille.

 

Soʻnggi yillarning dastlabki uch choragidagi nikohlar va ajralishlar statistik maʼlumotlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2017−2019-yillarda ushbu davrdagi nikohlar soni barqaror ravishda oʻrtacha 194,5 mingtani, ajralishlar esa 23,6 mingtani tashkil etganini koʻrish mumkin. 2020-yildagi pandemiya yilida nikohlar soni 184 mingtaga, ajralishlar esa 20 mingtaga qisqardi.

 

2021-yilda, yaʼni toʻqqiz oyda nikohlar soni keskin oshib, 206,7 mingtaga yetgan, biroq ajrashgan juftliklar soni ham oshgan – 29 mingta. Joriy yilda ajralishlar soni oʻsishda davom etdi, nikohlanish statistikasi esa kamaydi.

 

2015-yildan 2022-yilga qadar yanvar-sentyabr oylari uchun nikohlar va ajralishlar statistikasi

 

2022

 

197 ming nikoh (7,4 promille)

34,4 ming ajralish (1,4 promille)

 

2021-yil

 

206,7 ming nikoh (7,9 promille)

29 ming ajralish (1,1 promille)

 

2020-yil

 

184 ming nikoh (7,2 promille)

20 ming ajralish (0,8 promille)

 

2019-yil

 

194,9 ming nikoh (7,8 promille)

23,6 ming ajralish (0,9 promille)

 

2018-yil

 

196 ming nikoh (8 promillk)

23,8 ming ajralish (1 promille)

 

2017-yil

 

192,7 ming nikoh (8 promille)

23,6 ming ajralish (1 promille)

 

2016-yil

 

176,1 ming nikoh (7,4 promille)

22,2 ming ajralish (0,9 promille)

 

2015-yil

 

186,1 ming nikoh (8 promille)

21,8 ming ajralish (0,9 ta promille)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//