Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Saqlash
22:51 / 14.10.2022 1582 0

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov millionli shahar loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, viloyat maʼmuriy markazini Gulobod qoʻrgʻoniga koʻchirish va boshqa tadbirlar koʻzlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

 

Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni “millionli shahar”ga aylantirishda shaharsozlikning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “ekologik toza shahar”ga aylantirish va “xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga koʻchirilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish obyektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.

 

Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayyan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yoʻl oʻtkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//