Madaniyat
13–17-oktyabr kunlari Turkiyaning Bursa va Koʻnya shaharlarida Xalqaro turk sheʼriyati festivali boʻlib oʻtmoqda.
Nufuzli anjumanda yurtimiz nomidan Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron hamda Zebo Mirzo, Shuhrat Orif kabi shoirlar ishtirok etyapti.
Xalqaro turk sheʼriyati festivali 1992-yili tashkil etilgan. Turkiya Yozarlar birligi tomonidan har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinadi.
Sheʼriyat anjumaniga shu paytgacha Bursa-Koʻnya (Turkiya), Olmaota (Qozogʻiston), Ashxobod (Turkmaniston), Kiriniya (Kipr), Strasburg (Fransiya), Simferopol (Qirim), Skopye (Shimoliy Makedoniya), Boku (Ozarboyjon), Prizren (Kosovo), Qozon (Tatariston), Bishkek (Qirgʻiziston), Turkiston (Qozogʻiston), Edirne-Komotini-Ksanti-Kirjali (Turkiya, Gretsiya, Bolgariya) va Istanbul (Turkiya) shaharlari menbonlik qilgan.
– 1992-yili Xalqaro turk sheʼriyati bayramiga Erkin Vohidov, Rauf Parfi va Azim Suyun bilan birga qatnashgan edik, – deb eslaydi Xurshid Davron. – Festivalning 30 yilligi munosabati bilan ilk anjuman ishtirokchisi sifatida meni yana bir bor taklif etishganidan mamnunman. Ayniqsa, turkiy adabiyotning 14 buyuk shoiri qatorida Rauf Parfiga bagʻishlangan tadbir ham dasturga kiritilganidan benihoya quvondim.
Xalqaro turk sheʼriyati festivali 30 yil oldingidek Bursada boshlanib, Koʻnyada tamomlanadi. Adabiy kechalarda turkiy dunyoning turli jugʻrofiyasida yashab, turli tillarida ijod qilayotgan 700 yaqin shoir ishtirok etmoqda.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112361
Jamiyat
95025
Jamiyat
91217
Jamiyat
75929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q