Jamiyat
Oʻzbekistondagi tibbiyot oliygohlari Ukrainada tahsil olayotgan 200 nafar hindistonlik talabani qabul qildi. Bu haqida TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularga shifokor va tibbiyot bakalavri diplomlari bilan ikkita tibbiy dasturda oʻqish taklif qilingan.
Hindistondagi Oʻzbekiston elchisi Dilshod Ahatov talabalar qabul qilinganligi haqida maʼlum qilgan. Diplomatik vakolatxonaning press-reliziga koʻra, talabalar Oʻzbekistondagi davlat tibbiyot universitetlari, jumladan, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan oʻtkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan.
Shuningdek, 2022-yil boshida Qozogʻiston rasmiylari Ukrainada tahsil olayotgan hind tibbiyot talabalarini mamlakat qabul qilishga tayyor ekanligini bildirgandi. Respublika Cogʻliqni saqlash vaziri Azhar Giniyatning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistondagi tibbiyot universitetlari Hindistonga yordam berishga va Ukrainadan 200 nafar talabani oʻqishga qabul qilishga tayyor.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112969
Jamiyat
95666
Jamiyat
92623
Jamiyat
76875
Jamiyat
//
Izoh yo‘q