Siyosat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradi. Bu haqda Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Qirgʻiziston elchisi Muso Jamanbayev bilan uchrashuvida qayd etildi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda 2022-2025-yillarga moʻljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim hamda Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimni ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Shuningdek, tomonlar shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan Oʻzbek - Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini muhokama qildilar. Jamgʻarma mablagʻlarini jalb qilgan holda Qirgʻizistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali asosida 291 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q