Samarqandda sodir boʻlgan YTHda besh kishi halok boʻldi

Saqlash
19:10 / 14.10.2022 1479 0

Samarqand shahrining “Zarafshon” mahallasida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida besh kishi halok boʻldi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 13-oktyabr kuni soat 19:00 M-37A aylanma avtomobil yoʻlining 37-kilometrida fuqaro 30 yoshli J.Murotov boshqaruvida boʻlgan Lacetti rusumli avtomashinasida Toshkent–Buxoro yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotib, avtomashina boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishlarini ajratib turgan metall toʻsiqqa toʻqnashgan.

 

Oqibatda haydovchi J.Murotov, yoʻlovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.Gʻoyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Viloyat IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//