Soʻx aeroportiga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi

Saqlash
21:12 / 01.11.2021 898 0

Soʻx tumanining «Navobod» mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilgan yangi aeroport, dastlabki sinov parvozini qabul qildi. Bu haqda Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd qilinishicha, Fargʻona xalqaro aeroportidan amalga oshirilgan sinov Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yoʻlovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Fargʻonadan havoga koʻtarilgan layner, soat 13:10 da Soʻx aeroportiga kelib qoʻngan. 

 

Amalga oshirilgan parvoz hamda Soʻx aeroportida yaratilgan texnik sharoitlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

 

Mazkur aeroport maydoni yetti gektar boʻlib, uzunligi yetti yuz metrni tashkil etadi.

 

«Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan olti milliard sakkiz yuz million soʻm mablagʻ ajratilib, uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shahobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini oʻzida qamrab oladigan zamonaviy majmua tashkil etildi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//