Jamiyat
Taʼmirlash ishlari tufayli 14-oktabr kuni Yangihayot, Sergeli hamda Yunusobod tumanlarining baʼzi joylarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Yangihayot tumani “Tashabbus” mahallasi hududida joylashgan gaz quvurida Yangihayot, Sergeli tumanlarining hududlarini ajratish maqsadida taʼmirlash ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli 14-oktabr kuni soat 10:00 dan
Yangihayot tumani
“Tashabbus“, “Yangi umid”, “Yangi turmush“, “Humo”, “Yangihayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, ”Olchazor” MFYlardagi jami 16 820 ta xonadonda hamda ushbu hududlardagi 111 ta ulgurji tashkilotlarida;
Sergeli tumani
“Madadkor”, “Ziynat”, “Mehrigiyo”, “Oʻzgarish”, “Habibiy” MFYlardagi jami 8380 ta xonadonda hamda ushbu hududlardagi 31 ta ulgurji tashkilotlarida taʼmirlash ishlari tugaguniga qadar tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Yunusobod tumani
Amir Temur, Shahrisabz hamda Istiqlol koʻchalari kesishmasida joylashgan yerosti d-219 mmli oʻrta bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 14-oktabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “S” 4-mavzedagi 35 ta koʻp qavatli uylarda, Kablukova koʻchasida hamda ushbu hududlardagi 20 ta ulgurji tashkilotlarda gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q