Toshkent viloyatida bir soat ichida 2 ta yer silkinishi qayd etildi

Saqlash
14:28 / 14.10.2022 1414 0

Bugun, 14 oktabr kuni Qozogʻistonda kuzatilgan ikkita zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

 

Birinchi zilzila Toshkent vaqti bilan soat 04:39 da (13.10.2022-yil, Grinvich boʻyicha 23:39 da) Qozogʻistonda sodir boʻldi. Zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,2 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentri Toshkentdan 31 km shimoli-gʻarbda 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,5 ballga teng.

 

Ikkinchi yer silkinishi Toshkent vaqti bilan soat 05:16 da (14.10.2022-yil, Grinvich boʻyicha 00:16 da) Qozogʻistonda sodir boʻlgan. Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Epitsentri Toshkentdan 33 km shimolida 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,6 ballga teng.

 

Har ikki zilzila kuchi Toshkent viloyatining Toshkent tumanida sezilgan — 2 ball, 14 km va 2 ball, 16 km.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//