 
                   
                    Madaniyat
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xasta boʻlma” qoʻshigʻi 1-noyabrdan boshlab barcha ijtimoiy tarmoqlardan oʻchiriladi va televideniye hamda radioda endi qoʻyilmaydi.
Bu haqida xonanda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi. Yulduz Usmonova bildirgan bayonotga koʻra, “Xasta boʻlma” qoʻshigʻi Yoʻlchi Roʻziyev sheʼri bilan endi umuman aytilmaydi. Shuningdek, yaqin kunlarda boshqa sheʼr bilan yoziladi va premyera qilinadi.
«Bu tartib 1-noyabrdan boshlab barcha televideniye, radio, musiqa saytlari, YouTube, ijtimoiy tarmoqlarda amal qiladi. Tarmoqlarga joylanganlari esa oʻchirib tashlanadi. Sizdan oʻz ijtimoiy tarmoqlaringizdan mazkur taronani oʻchirib yuborishingizni soʻraymiz. “Xasta boʻlma” qoʻshigʻi umuman yangi sheʼr bilan Yulduz Usmonova ijrosida kuylanadi», deyiladi xonanda xabarida.
Maʼlumot uchun, avvalroq Yulduz Usmonovaning “Xasta boʻlma” qoʻshigʻi soʻzlari muallifi undan mualliflik huquqini talab qilgan edi. Sud qarori bilan Usmonovadan shoirga 50 000 000 soʻm maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 109646
             109646
          Jamiyat
 94031
             94031
          Jamiyat
 89796
             89796
          Jamiyat
 72957
             72957
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q