
Jamiyat
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan tez yordamda ishlovchi feldsher ayol kaltaklandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 12-oktyabr kuni soat 16:27 da Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasida joylashgan xonadonlarning biridan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiriq kelib tushgan. Shundan soʻng shifokor B.M. va feldsher ayol J.I.dan tarkib topgan “103” brigadasi chaqiriq manziliga yetib borib, bemor B.J.ga tibbiy yordam koʻrsatgan.
Biroq ahvoli oʻta ogʻir boʻlgani sababli B.J.ni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishga qaror qilingan. Bemorni transportirovka qilish chogʻida uning oʻgʻli asosli sabab boʻlmasa-da, tibbiy brigada xodimlari bilan tortishib, qoʻl koʻtarish darajasigacha borgan.
Oqibatda feldsher J.I. koʻkrak qafasiga zarba olgan va ahvoli yomonlashgan. Shunga qaramay, tibbiy brigada oʻz xizmat burchiga masʼuliyat bilan yondashib, chaqiriqni yakunlagan, yaʼni bemorni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qabul boʻlimiga olib borgan.
Shundan soʻng “103” feldsheri J.I. mazkur shifoxonaning xirurgiya boʻlimi shok zaliga koʻkrak qafasining yopiq jarohati tashxisi bilan yotqizilgan. Hozir feldsher J.I. mazkur boʻlimning intensiv palatasida tegishli davo muolajalarini olmoqda. Ahvoli oʻrta ogʻirlikda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holatni oʻz nazoratiga olganini, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilishi uchun barcha zarur choralarni koʻrishini bildirdi.
Ayni paytda sodir etilgan holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovoldi surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q