Jamiyat
Toshkent shahrining ayrim koʻchalarida transport vositalari tezligi 60-50 km/soatga tushirilgani haqida xabar bergandik.
Ushbu tartib qachondan ishga tushishi haqida Toshkent shahar YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganov maʼlumot berdi.
“Xalq deputatlari shahar kengashi sessiyasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXBning poytaxt koʻchalarida tezlikni kamaytirish boʻyicha taklifi koʻrib chiqildi. Mana shu taklifdan keyin deputatlar poytaxt koʻchalarini oʻrganib, uni maʼqulladi va sessiyaga taqdim etildi.
Sessiyada esa Toshkent shahridagi ayrim koʻchalarda transport vositalari tezligi soatiga 50 km etib belgilanishi haqida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, Kichik halqa yoʻlida transport vositalari harakatlanishi tezligi soatiga 60 km etib belgilanmoqda.
Bu faqat poytaxt koʻchalarida joriy etiladi. Bu haqda maxsus komissiyaning qarori qabul qilingach, tezlikni kamaytirish boʻyicha tartib kuchga kiradi”, — deydi Qahramon Xudoyberganov.
Qayd etish zarur, bugungi kungacha shaharda ruxsat etilgan tezlik 70 km/soatni tashkil qiladi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109661
Jamiyat
94044
Jamiyat
89824
Jamiyat
72980
Jamiyat
//
Izoh yo‘q