Jamiyat
Nilufar Husanboyeva Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
12-oktabr kuni Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi masʼul xodimlari, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, umumtaʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Vahobjon Rajabov qatnashdi va soʻzga chiqdi. Jumladan, Vahobjon Toʻrajonovich Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻini oʻqib eshittirdi. Unga koʻra, Nilufar Husanboyeva Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bungacha Nilufar Husanova Yakkasaroy tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Xalq taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan Bobur Mirxoliqov Yashnobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri vazifasiga tayinlandi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109661
Jamiyat
94044
Jamiyat
89824
Jamiyat
72980
Jamiyat
//
Izoh yo‘q