Jamiyat
Toshkent 12-oktabr kuni havosi eng ifloslangan shaharlar qatoridan oʻrin oldi. Bu haqda gidrometeorologik tadqiqotlar muallifi Erkin Abdulahadov oʻz kanalida yozdi.
“Havoda mayda PM-2,5 dispers zarrachasining meʼyoriy qiymatlaridan ortishi havoning sifat darajasi “qoniqarsiz” boʻlishini taʼminladi. Mazkur koʻrsatkich bilan poytaxt Toshkent soat 18:00 da dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanishi boʻyicha 8-oʻrinda qayd etildi”, deb yozadi Erkin Abdulahadov.
12-oktabr 18:00 holatiga koʻra Qozogʻiston poytaxti Ostona havosi eng ifloslangan shahar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Chengdu, Pekin, Uhan (Xitoy), Lahor (Pokiston), Dubay (BAA), Dehli (Hindiston) shaharlarida ham havoning keskin ifloslanishi kuzatilgan.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112413
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q